Joriy yilning 15-oktyabr kuni Yevro-2024 saralashi doirasida Kosovo va Isroil terma jamoalari oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtishi kerak edi. Ammo Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli bu oʻyin qoldirildi. UYEFA matbuot xizmati xabarida aytilishicha, bahs keyinroq boshqa sanada oʻtkaziladi.
Jurnalist Rob Harrisning aniqlik kiritishicha, Isroil rasmiylari ayni damda milliy jamoa futbolchilariga mamlakatni tark etishni taqiqlagani tufayli shunday qarorga kelingan.
Avvalroq UYEFA Isroilning barcha yoshdagi milliy jamoalarining boʻlajak oʻyinlarini, jumladan, Yevro-2024 saralashi doirasidagi Isroil – Shveysariya bahsini ham keyinga qoldirgandi.