Sun'iy intellekt RETFound deb nomlangan bo'lib, bu oftalmologiyadagi birinchi ana shunday algoritmdir. Neyrotarmoq 1,6 millionta ko'z pardasi tasvirlari asosida “o'qitildi”. Olimlar mazkur tizimni ochiq manba sifatida ishlab chiqdi, ya'ni dunyodagi istalgan tashkilot unga kirishi mumkin.
RETFound ba'zi ko'z kasalliklari, jumladan diabetik retinopatiya va glaukoma tashxisini yaxshilashga yordam berishi ko'zda tutilgan. Olimlar algoritm Parkinson kasalligi, insult va yurak yetishmovchiligi kabi tizimli kasalliklarni bashorat qila olishiga ishonch bildirishmoqda, deb xabar beradi lenta.ru.