Masalan, sogʻlom turmush tarzi, parhez singari eng oddiy vositalar koʻzlarimizni avaylab-asrashda juda muhim.
“Rebuild Your Vision” kompaniyasi rahbari Tayler Sorensenning ayrim tavsiyalari eʼtiborga molik. Xususan, u koʻz uchun muhim oziq mahsulotlarni sanab oʻtdi. Bular — chernika, uzum, sabzi, yogʻli baliq, bargli yashil sabzavotlar, kovul, piyoz, sarimsoqpiyoz, tuxum kabilar.
Bulardan tashqari, mutaxassisning aytishicha, jismoniy faollik ham muhim — u tanada qon aylanishini yaxshilaydi, koʻzlar koʻp toliqmasligi uchun sutkasiga yetti soatdan ortiq uxlash hamda koʻproq suv ichish zarur. Sorensenning taʼkidlashicha, suv kun davomida koʻzlarni yetarlicha namlik bilan taʼminlab, ularni chang va gʻuborlardan xalos qilishda koʻmaklashadi, deb maʼlumot bermoqda Zamin. uz