Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Kuni kecha, “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, xizmat iti yordamida “Istambul-Toshkent” yoʻnalishida xuquqbuzarlik holati aniqlandi.

“Toshkent” xalqaro aeroportining umumiy uchib kelish zalidagi “yashil” yoʻlak orqali harakatlangan fuqaro N.M.ning qoʻl yuki belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazilildi.

Natijada, sumkadagi koʻzoynak gʻilofi ichida polietilenga oʻralgan, bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining ogʻzaki soʻrovida aytilmagan umumiy ogʻirligi taxminan salkam 4 grammni tashkil etuvchi oʻziga xos spetsifik hidga ega, jigar rangli dastlabki xulosalarga koʻra gashish giyoxvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan ekspertiza ham aniqlangan giyohvandlik vositasi gashish giyohvandlik vositasi ekanligini tasdiqladi.