“Tozalash ishlari olib borilayotgan maydon Krasnodar o'lkasining Temryuk va Anapa tumanlari qirg'oq chizig'i bo'ylab 49 kilometrga yetdi. Bundan tashqari, patrul xizmati yo'nalishi 70 kilometrga kengaytirildi”, deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Neft mahsulotlari to'kilishi oqibatlarini bartaraf etishga mingdan ortiq kishi va 100 ta texnika jalb etilgan bo'lib, ular tunu kun ishlamoqda.
Avvalroq departament zararlangan hudud Krasnodar o'lkasi qirg'oqlarining taxminan 35 kilometri — Temryuk tumanidagi Veselovka qishlog'idan Anapadagi Blagoveshchenskaya qishlog'igacha cho'zilganini ma'lum qilgandi. Bu hududda favqulodda holat e'lon qilingan.
15-dekabr kuni tushdan keyin Kerch bo'g'ozida yuz bergan bo'ron chog'ida Rossiyaning ikkita neft mahsulotlari bo'lgan “Volgoneft-212” va “Volgoneft-239” tankeri cho'kib ketdi. Halokat oqibatida neft mahsulotlari to'kila boshladi. Tankerlar bortida mos ravishda 13 va 14 kishi bo'lgan. Dengizchilardan biri vafot etdi, qolganlari evakuatsiya qilindi, deb xabar beradi meduza.io.