Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, mazkur holat joriy yil 25-noyabr kuni Krasnodar shahrida joylashgan “Tochno” korxonasining qurilish obyektda sodir boʻlgan.
Korxonaga tegishli qurilish kranidan foydalanish masalasida oʻzaro kelishmovchilik oqibatida ushbu korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan 50 nafardan ortiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida janjal kelib chiqqan.
Hozirgi vaqtda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasi vakolatxonasi xodimlari tomonidan korxona rahbariyati va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda tomonlarni oʻzaro kelishtirgan holda javobgarlikka tortmasdan hal qilish choralari koʻrilmoqda.