Kecha Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK) Toshkent filiali tomonidan “Kinochilar uyi”da “Milliy kreativ ta'lim: shakllantirish va rivojlanish bosqichlari” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Unda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O'zbekiston davlat konservatoriyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Milliy kreativ ta'limni rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ijodiy loyihalar va innovatsiyalar bo'yicha yangi takliflar bildirildi.