Mazkur Nizom kredit byurolarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir minimal talablarni belgilaydi.
Nizomga koʻra, kredit byurolarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni taʼminlash xizmati tashkil etiladi.
Shuningdek, kredit byurolari axborot xavfsizligiga oid ichki siyosatni ishlab chiqishi va Markaziy bank bilan kelishishi lozim.
Kredit byurolari faoliyatida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikning taʼminlanganlik darajasini baholash boʻyicha reyting axborot tizimi Markaziy bank tomonidan yuritiladi.
Bundan tashqari, kredit byurolari axborot tizimlaridan maʼlumotlarning ruxsatsiz uzatilishi va tarqalishidan himoyalash boʻyicha DLP (Data Loss Prevention) tizimi joriy etilishi shart.









