Kredit mablagʻini oʻzlashtirgan fermer xoʻjaligi rahbari aniqlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

    Tekshiruvda “N.5.” fermer xoʻjaligi rahbari R.M. 11.12.2020-yilda hududdagi tijorat banki filialidan qishki mavsumga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira qilish uchun 1 yil muddatga 1,5 mlrd soʻm kredit ajratilishiga erishib, goʻyoki kredit evaziga 14 nafar fuqarodan qishloq xoʻjalik mahsulotlari olganligi toʻgʻrisida soxta shartnomalarni rasmiylashtirib, amalda qishki mavsumga zaxirani yaratmasdan juda koʻp miqdordagi kredit mablagʻini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.