Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Qibray tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, hududdagi “Q-Z.” xususiy uy-joylar mulkdorlari shirkati sobiq rahbari J.O. shirkatga bank muassasasidan ajratilgan 581 mln soʻm kreditning 291,5 mln soʻmini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali oʻzi rahbarlik qilib kelayotgan “M.Q.” xususiy korxonasiga oʻtkazib talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.