Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar M.N., M.Sh. va M.X.lar tumandagi tijorat bankidan oʻzi va tanishlari nomiga 783,6 mln soʻm kredit ajratishga erishib, kredit mablagʻini talon-toroj qilganligi, shuningdek, ushbu mablagʻ evaziga “B.» nomli birja ilovasi orqali 36 000 AQSH dollarini “kriptovalyuta savdosi”ga tikkanligi hamda “SPARK” va “GENTRA” rusumli avtomashinalarni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan mulkni legallashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.