Tadbirda fuqaro A.N. boshqa bir fuqaro N.ga bank muassasasida ishlovchi tanishlari yordamida 350 mln soʻm ikkilamchi ipoteka krediti olib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.