Bugun bu imtiyoz va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanib, yurt farovonligiga hissa qoʻshayotgan, oʻz vaqtida berilgan kredit mablagʻlarini qaytarayotgan tadbirkorlar koʻplab topiladi. Biroq, ayrim bank mijozlari tomonidan bu masʼuliyat unutib qoʻyilmoqda.
Byuroning Namangan shahar boʻlimi ish yurituvida Uchqoʻrgʻon tumanlararo iqtisodiy sudining 23.01.2020-yildagi 4-1602-1901/1854 sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan undiruvchi «Qishloqqurilishbank» ATB Namangan mintaqaviy filiali foydasiga jami 313.334.000 soʻm kredit qarzdorligini undirish hamda undiruvni koʻp qavatli uylarga qaratish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud boʻlgan.
Mazkur ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida, undiruv garovdagi mulkka qaratilib, davlat ijrochisi tomonidan xatlangan.
Ijro hujjati ijrosini taʼminlash jarayonida, joriy yilning 07.08.2020-yilda 313.334.000 soʻm kredit qarzdorligi toʻliq undirilib, ijro hujjati ijrosi amalda taʼminlandi hamda ushbu pul mablagʻlari undiruvchi «Qishloqqurilishbank» ATB Namangan mintaqaviy filiali hisob raqamiga oʻtkazib berildi.
Ixtiyor Ibrohimov,
MIB Namangan shahar boʻlimi davlat ijrochisi