Qayd etilishicha, ijro hujjati talabini oʻz muddatida bajarishi haqida qarzdor ogohlantirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.
Biroq, belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan kredit qarzi toʻlanmaganligi sababli, Byuro xodimlari tomonidan “Captiva” rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga qoʻyildi.
Shundan soʻng, qarzdor shu kunning oʻzida kredit qarzlari bilan birga qoʻshimcha jarima pullarini ham toʻladi.








