Kredit tarixi "yaxshi" bo‘lgan tadbirkorlarga kafillik yordami beriladi

    Milliy va xorijiy valyutada kichik hamda o‘rta tadbirkorlarga ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati hamda akkreditivlarga 5 mlrd so‘mgacha kafillik yordami berish rejalashtirilgan.

    Endilikda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tadbirkorlarni samaradorlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, qo‘llab-quvvatlashi joriy etilmoqda. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.

    Unga ko‘ra, milliy va xorijiy valyutada kichik hamda o‘rta tadbirkorlarga ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati hamda akkreditivlarga 5 mlrd so‘mgacha kafillik yordami berish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, 2024-2026 yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 mlrd so‘mgacha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha asosiy stavkaning

    40 foizigacha mikdorda uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish ko‘zda tutilmoqda.

    Bundan tashqari, "yaxshi" va "a’lo" kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari bo‘yicha kafillik yordamidan foydalanayotgan bo‘lishidan qat’iy nazar qo‘shimcha ajratiladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan umumiy miqdorlar doirasida kafillik taqdim etiladi.