Mazkur hamkorlik doirasida yangi yilning dastlabki kunlaridanoq xayrli ishlarni boshlab yubordi. Xususan, 5-yanvar kuni poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 66-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda federatsiya vakillari, murabbiy va sportchilar bir guruh nogironligi bo'lgan yoshlar uchun dastlabki o'quv-mashg'ulotlar o'tkazdi.
Kriket federatsiyasi bosh kotibi Jahongir Murodov imkoniyati cheklangan yoshlarni ham kriket sport turiga faol jalb etish orqali, jamolarni shakllantirish va ular o'rtasida musobaqalar o'tkazish to'g'risida ta'kidlab o'tdi. SHuningdek, sportchilar kriket qoidalarini tushuntirib, o'yin orqali bajarib ko'rsatdi.
O'quv-mashg'ulotda ishtirok etib, jarayonlarni kuzatgan imkoniyati cheklangan yoshlar esa kriket sport turiga qiziqishi ortgani va mashg'ulotlarda ishtirok etish, kriket bo'yicha jamoalar tuzish istagi borligini ta'kidladi. O'z o'rnida federatsiyasi vakillari buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni o'zlarining asosiy vazifasi sifatida qabul qildi.
Ilhom Rahmonov