Bu boʻyicha Prezidentning “Ichki ishlar organlarining qoʻriqlash sohasidagi faoliyatini amarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (PQ–360-son, 28.11.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Departamentga qoʻriqlanadigan obyektlarga oʻrnatilgan qoʻriqlashning texnik vositalari va tizimlariga xizmat koʻrsatish huquqi beriladi.
Kriminogen vaziyati ogʻir hududlarda, turistik infratuzilma obyektlarida hamda ommaviy dam olish joylarida Departamentning qoʻriqlash-patrul xizmati naryadlari tashkil etiladi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi:
- davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va texnik qoʻriqlash tizimlari orqali taʼminlash;
- Departament tomonidan shartnoma asosida taʼlim muassasalariga qoʻriqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalarini oʻrnatish va ularga texnik xizmatlar koʻrsatish.








