“Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3584, 17.12.2024-y.)

Unga koʻra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari toʻlash sanasida amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:

  • kripto-birja uchun – 73 400;
  • mayning-pul uchun – 3 000;
  • kripto-depozitariy uchun – 7 000;
  • kripto-doʻkon uchun – 3 700.