Krishtianu Ronaldu dunyoda birinchi bo'lib ijtimoiy tarmoqlarda bir milliard obunachiga ega bo'ldi

    Portugaliyalik futbolchi va “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni milliardga yetdi.

    Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida bir necha marta Chempionlar ligasida, Yevropa chempionatida g'olib chiqqan. Bundan tashqari, u besh karra “Oltin to'p” sohibi hisoblanadi. Futbolchi “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida to'p surgan.

    Ronaldu yaqinda Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiyaga qarshi o'yinda gol urdi va bu uning faoliyatidagi 900-goli bo'ldi. Shu tariqa, sportchi tarixda shunday marraga erishgan birinchi futbolchiga aylandi, deb xabar beradi m24.ru.