Tramp orol Erondan keyingi nishon bo‘lishini bir necha bor aytgan, deb xabar berdi rbc.ru.
Kuba qurolli kuchlari AQShning bosqiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda, “dunyoda nimalar bo‘layotganini hisobga olgan holda” bunday choralarni ko‘rmaslik soddalik bo‘lar edi, dedi Kuba tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Karlos Fernandes de Kossio, deya xabar berdi NBC News.
“Bizning qurolli kuchlarimiz har doim tayyor va aslida ular hozirda harbiy tajovuz ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rmoqda”, dedi vazir o‘rinbosari.
Gavana AQSH bilan muammolarini tinch yo‘l bilan hal qilishga umid qilmoqda, deb davom etdi u: “Biz bu (bosqinchilik) sodir bo‘lishi uchun hech qanday sabab ko‘rmayapmiz va biz bunga hech qanday asos topmayapmiz”.