Bu haqda Kuba respublikasi tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya ma'lum qildi.
“[Amerika] harbiy-dengiz bazasining [Guantanamoda] mavjudligi Kubaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hamda xalqaro huquqni buzadi”. Bu haqda vazir o'zining Xdagi sahifasida ma'lum qildi. U 23-fevral kuni shartnoma 1903-yilda imzolanganiga 122 yil to'lganini, unga ko'ra Guantanamo buxtasining 117 kvadrat kilometrdan ko'proq qismi AQSh hukumatiga cheklangan muddatga ijaraga berilgan va hujjatda shartnomani bekor qilish bandi yo'q edi.
2002-yilda AQShning 43-prezidenti kichik Jorj Bush davrida Guantanamo bazasi hududida qamoqxona tashkil etilgandan so'ng, Kuba hukumati ijara shartlari buzilganligini da'vo qilib, shartnomani bekor qilishga va bazani ko'chirishga erishmoqchi bo'ldi, biroq bu urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi.
Guantanamo lagerida AQShning Afg'onistondagi amaliyoti va boshqa aksilterror reydlari chog'ida qo'lga olingan odamlar yuborilgan. Kichik Bush o'rniga kelgan Barak Obama AQSh Prezidenti lavozimiga kirishgandan so'ng darhol – 2009-yilning 22-yanvarida maxsus qamoqxonani 12 oy ichida yopish haqidagi farmonni imzoladi. Biroq Guantanamo lageri hamon mavjud bo'lib, huquq himoyachilarining Vashingtonga qarshi keskin tanqidiga sabab bo'lmoqda, ular lager mahbuslari amalda huquqiy vakuumda ekanini bir necha bor ta'kidlagan. Kuba hukumati ushbu anklavni respublikasining noqonuniy bosib olingan hududi deb hisoblaydi, deb xabar beradi tass.ru.