Hozirda orolda elektr energiyasini tiklash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Elektr uzilishining sababi aniqlanmadi.

Songgi oylarda Kubada bir necha bor elektr uzilishlari kuzatildi. CNN xabariga ko‘ra, mahalliy hokimiyat bu uzilishlarni AQShning iqtisodiy sanksiyalari bilan bog‘lamoqda.

Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Kubani egallab olish sharafiga muyassar bo‘lishiga umid bildirgandi. U orolni nazoratga olinsa, “yaxshi bo‘lardi” deb aytgan edi, deb xabar berdi lenta.ru.