FVV bunday ob-havo sharoitida talab etiladigan ehtiyot choralari haqida eslatib oʻtdi:
➖ eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
➖ elektr va gaz vositalarini oʻchirish;
➖ koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
➖ koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
➖ shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
➖ buzilgan binolarga kirmaslik, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinmaslik;
➖ kuchli shamoldan soʻng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish.