Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “B” MCHJga qarashli dorixona norasmiy sotuvchilari D.X., B.Ya. va K.X.lar xaridorga 42 dona “Regapen” va 6 dona “Tropikamid” dori vositalarini jami 1,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari boʻlmagan kuchli taʼsir qiluvchi 209 dona “Zardeks”, 126 dona “Regapen” 42 dona “Selofen”, va 6 dona “Tropikamid” dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.