Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar B.B. va M.A. 50 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro S.R.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentining Guliston shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar U.S. A.G. va A.K. 46 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaroga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.A.ning boshqaruvidagi “Oniks” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi salonida 930 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan vositalarni o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.