Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar I.F. va R.N. 4 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro K.M. sotayotgan vaqtlarida ushlanib, ularning yonidan 278 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.