Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda, “C.O.” MCHJga qarashli dorixonalarda tegishli hujjatlari boʻlmagan 1004 dona Zardeks”, 100 dona “Tebatin”, 85 dona “Fenibut” va 17 dona ”Tropikamid” hamda “T.T.” MCHJga qarashli dorixonada 170 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari sotish uchun saqlab kelinayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) va 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.