Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sergeli tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.R. tanishi J.A.dan xarid qilgan 12 dona «Tropikamid» nomli dori vositasini boshqa bir fuqaro Sh.H.ga 200 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 1 dona «Snup» yozuvli flakon va 22 dona «Regapen» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda fuqaro J.A.dan yana 60 dona «Regapen» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi Visol koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. 238 dona «Zardeks» nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻz xonadonida oʻtkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.