Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, Andijon shahrida fuqaro E.M. boshqaruvidagi “Lasetti 2” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.

Koʻzdan kechirish natijasida avtotransport vositasi salon qismida fuqaro E.M.ga tegishli boʻlgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 51,2 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 2000 dona “Tramadol 50 mg” va 8 dona “Tropikamid 1%” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.