Bojxona xodimlarining xabariga koʻra Fargʻona viloyati IIB va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olib borilgan hamkorlikdagi tezkor chora-tadbirlar natijasida shu kunning oʻzida tungi soat 21.10 larda Fargʻona tumani Logʻon qishlogʻining Rizo mahallasida haydovchining faol qarshilik koʻrsatishiga qaramasdan qoʻlga olingan.

Shubhali avtomobil xolislar ishtirokida oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilganida jami 235.200.000 (ikki yuz oʻttiz besh million ikki yuz ming) soʻmlik 560 dona konvalyutadagi 7840 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli taʼsir qiluvchi moddalar borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davomida qonuniy talablarga boʻysunmagan shaxs Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida yashovchi 1997-y.t. O. A. ekani aniqlangan. Hozirda Fargʻona viloyat Bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.