Kun qahramonlarini endi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ham taqdirladi

    Ijtimoiy hayot 9 Iyun 2023 1112

    Esingizda boʻlsa, Samarqand shahar Qorasuv massividagi koʻp qavatli uylarning biridan tushib ketayotgan qizchaning hayotini saqlab qolgan yigitlar xalqning duosini oldi.

    Voqeadan soʻng Yoshlar ishlari agentligi yigitlarni taqdirlab, 4 ta noutbuk va oʻqishga kirishda qoʻshimcha darslar hamda xorijiy tillarni oʻrganishdagi xarajatlarini qoplab berishni vaʼda qilgandi.

    FVV Matbuot xizmatining xabariga koʻra, bugun, 9-iyun kuni Samarqand viloyat FVB boshligʻi yosh qutqaruvchilar bilan uchrashib, Favqulodda vaziyatlar vazirining “Faxriy yorligʻi” va minnatdorchiligini yetkazgan.

    Shuningdek, yigitlar esdalik sovgʻalar bilan ham taqdirlagandi.