Voqeadan soʻng Yoshlar ishlari agentligi yigitlarni taqdirlab, 4 ta noutbuk va oʻqishga kirishda qoʻshimcha darslar hamda xorijiy tillarni oʻrganishdagi xarajatlarini qoplab berishni vaʼda qilgandi.

FVV Matbuot xizmatining xabariga koʻra, bugun, 9-iyun kuni Samarqand viloyat FVB boshligʻi yosh qutqaruvchilar bilan uchrashib, Favqulodda vaziyatlar vazirining “Faxriy yorligʻi” va minnatdorchiligini yetkazgan.

Shuningdek, yigitlar esdalik sovgʻalar bilan ham taqdirlagandi.