Prezidentimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ushbu yo‘nalishda mutlaqo yangi bosqichni boshlab berdi.

Bugungi kunda sohaga jalb etilayotgan yirik investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlik loyihalari samarasida “yashil” energetika jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, balki tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, energiya xavfsizligini mustahkamlash hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga ham salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Olib borilayotgan sa’y-harakatlar samarasida bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 602 megavatt bo‘lgan 21 ta “yashil” elektr stansiya, jumladan, 15 ta quyosh elektr stansiyasi (3 930 MVt) va 6 ta shamol elektr stansiyasi (1 672 MVt) ishga tushirildi.

Natijada quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi:

2022-yilda – 434 mln kVt⋅soat,

2023-yilda – 576,9 mln kVt⋅soat,

2024-yilda – 4,9 mlrd kVt⋅soat,

2025-yilda – 10,5 mlrd kVt⋅soat,

2026-yilning yanvar–iyul oylarida – 7 mlrd kVt⋅soat “yashil” energiya ishlab chiqarildi. 

Natijada, so‘nggi 4 yil va 2026-yilning bugungi kuniga qadar jami 23,4 mlrd kVt⋅soatdan ortiq “yashil” energiya ishlab chiqarilgan. 

Bu esa, qariyb 6,24 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga hamda atmosferaga qariyb 13,46 mln tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olinishiga xizmat qilgan. 

Bu ko‘rsatkichlar yurtimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirayotganini, balki tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishga ham salmoqli hissa qo‘shayotganini ko‘rsatadi.