Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkichni 2015/2016-oʻquv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 443,4 ming nafarga yoki 2,7 barobarga oshgan.
Kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni yillar kesimida quyidagicha:
- 2015/2016-oʻquv yili boshiga — 263,9 ming nafar;
- 2016/2017-oʻquv yili boshiga — 267,9 ming nafar;
- 2017/2018-oʻquv yili boshiga — 287,5 ming nafar;
- 2018/2019-oʻquv yili boshiga — 313 ming nafar;
- 2019/2020-oʻquv yili boshiga — 360,1 ming nafar;
- 2020/2021-oʻquv yili boshiga — 441,8 ming nafar;
- 2021/2022-oʻquv yili boshiga — 553,9 ming nafar;
- 2022/2023-oʻquv yili boshiga — 622,6 ming nafar;
- 2023/2024-oʻquv yili boshiga — 661,8 ming nafar;
- 2024/2025-oʻquv yili boshiga — 707,3 ming nafarni tashkil etgan.