To'liq sakkiz soatlik tungi dam olishdan keyin ham uxlash istagini mutaxassislar “gipersomniya” deb atashadi.

SHifokorning so'zlariga ko'ra, kunduzgi uyqu agar “obstruktiv apneo” sindromi alomati bo'lsa, u xurrak tufayli paydo bo'lishi mumkin. Bu holat qisqa vaqt ichida, o'n soniya davomida nafas olishni to'xtatishi bilan tavsiflanadi va kislorod etishmasligi tufayli odamning miyasi “uyg'onadi”.
SHifokor ta'kidlaganidek, temir moddasi,  D va V vitaminlari etishmasligi kunduzgi uyqusirash va o'zini yomon his qilish holatlarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, odam uxlayotganda doimo oyoq-qo'llarini harakatga keltirishi, ya'ni “bezovta oyoq” sindromi dam olish sifatini pasaytiradi va kunduzi uxlash istagini chaqiradi.

Agar ushbu alomatlardan biri uch oy davomida saqlanib qolsa, sog'lom uyquni tiklash uchun mutaxassisga murojaat qilish kerak.