Kunlik tabiiy gaz qazib olish hajmi 820 ming kub metrga koʻpaydi

    Sanoat 19 Yanvar 2023 920

    “Quyi Surgil” konida kunlik 820 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq ochildi.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Quyi Surgil” gazkondensat konidagi 26-sonli quduqda burgʻulash ishlaridan soʻng 4323-3873 metr oraligʻiga filtr oʻrnatildi.

    Quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, mahsuldorligi kuniga 820 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

    Maʼlumot uchun: “Quyi Surgil” gazkondensat koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2018-yilda ishga tushirilgan.