Kunning ikkinchi yarmidagi jismoniy faollik qandli diabet belgilarini yengillashtiradi

    Amerikalik olimlar kunning ikkinchi yarmidagi jismoniy faollik qandli diabetning ikkinchi turi belgilarini yengillashtirishini aniqlashdi.

    Tadqiqotda qandli diabetga chalingan yoki semirib ketgan 2400 kishi ishtirok etdi. Olimlar to'rt yil davomida mashq qilish uchun eng qulay vaqtni tahlil qilishdi. Tadqiqot ishtirokchilarining jismoniy faolligini akselerometr yordamida o'lchash uchun ularga qurilma taqilgan.

    Birinchi yil ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, kunning ikkinchi yarmida jismoniy faol bo'lganlarda qondagi glyukoza darajasi pasaygani aniqlandi. Bu holat tadqiqotning to'rtinchi yiligacha davom etdi. Bundan tashqari, ularda qandli diabetga qarshi dori vositalari iste'molini to'xtatish uchun ham imkoniyat yuzaga keldi, deb xabar bermoqda lenta.ru.