O'zbekiston kurash milliy federatsiyasining amaldagi qoidalariga asosan, yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqada O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Amir Temur nomidagi davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Davlat bojxona qo'mitasi Bojxona instituti, CHirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti harbiy xizmatchilari, kursantlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o'rinni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi egalladi. Ikkinchi o'rinni Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi egallagan bo'lsa, uchinchi o'rin CHirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasiga nasib etdi.
Musobaqa yakunida barcha sovrindorlar medal`, diplom, tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
— O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi oliy harbiy ta'lim muassasalarining kursantlari o'rtasida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan milliy kurash turi bo'yicha musobaqa yuqori saviyada tashkillashtirildi, ─ FVV akademiyasi katta o'qituvchisi, katta leytenant Rustam CHoriev. — Albatta, sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. YOsh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzi qaror topadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarimizga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.
Farhodjon XOJAEV,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi
akademiyasi katta o'qituvchisi, kapitan