Kurash: Bolgariyada Prezident sovrini uchun xalqaro turnir o'tkazildi

    28-29-may kunlari Bolgariyaning Burgas viloyati Ruin shaharchasida kurash bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tkazilgan ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 25 ming evrodan iborat bo'ldi.

    Musobaqaning tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan mahalliy hokimlik vakillari kurash sport turining gumanizm g'oyalariga yo'g'rilgani, uning salomatlikni mustahkamlashdagi o'rni haqida alohida to'xtalib o'tdi. SHu bilan birga, o'zbek kurashi Olimpiya o'yinlariga kirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega ekanini ham e'tirof etishdi.

    Musobaqa Bolgariyaning Burgas viloyatidagi Ruin shaharchasida o'tkazilishida ham ramziy ma'no bor. CHunki, tub aholisi asosan turklar bo'lgan bu hududda aholi orasida azaldan yakkakurash turlariga qiziqish kuchli. Jumladan, Bolgariyaning birinchi Olimpiya chempioni Nikola Stanchev ham shu zamindan etishib chiqqan.

    Kurash bo'yicha xalqaro turnirda 20 ga yaqin davlatdan 100 ga yaqin saralangan sportchi ishtirok etdi.

    G'oliblar 2500 evro, ikkinchi o'rin sohibi 1500 evro, ikkita uchinchi o'rin egasi esa 500 evrodan pul mukofoti bilan taqdirlandi.

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir g'olib va sovrindorlari:

    Ayollar

    -63 kg
    1. Ol`ga Drix (Ukraina),
    2. Evilina Nikolova (Bolgariya),
    3. Eleonora Soatova (O'zbekiston),
    3. Malika Qahhorova (O'zbekiston).

    +63 kg
    1. Elizaveta Litvinenko (Ukraina),
    2. Gabriella Gigova (Bolgariya),
    3. Gulasal Haydarova (O'zbekiston),
    3. Mariya Oreshkova (Bolgariya),

    Erkaklar

    -73 kg
    1. Bozidar Temelkov (Bolgariya),
    2. Konstantinos Kalatidis (Gretsiya),
    3. Antoniy Bitzamov (Gretsiya),
    3. Nikolay Graxmets (Moldova),

    -90 kg
    1. Rumen Radev (Bolgariya),
    2. Vitaliy Sherel (Ukraina),
    3. Ivan Stafanov (Bolgariya),
    3. Pol` Silviu Balavan (Ruminiya),

    +90 kg
    1. Ilie Daniel Natea (Ruminiya),
    2. Muhsin Hisomiddinov (O'zbekiston),
    3. Xusayn Xusayn (Bolgariya),
    3. Ashim Aylin (Bolgariya).