Oʻzbekiston vakili Sherzod Poyonov sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 21 Avgust 2025 676

    Bolgariyaning Samokov shahrida sport kurashlari boʻyicha U-20 yosh toifasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

    Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 19-avgust kuni oʻtkazilgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor boʻldi.

    Ushbu medalni erkin kurashchimiz Sherzod Poyonov qoʻlga kiritdi. -92 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz saralashda Gretsiya, Yaponiya, Kanada va neytral maqomda kurashgan rossiyalik sportchilarni magʻlub etishga erishgan edi.

    Hal qiluvchi bellashuvda esa qozogʻistonlik Kamil Kurugliyevni dogʻda qoldirib, jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.