Kurashchi qizlarimiz umumjamoa hisobida uchinchi

    Iordaniyaning Amman shahrida davom etayotgan sport kurashlari boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qizlar oʻrtasidagi bahslar yakunlandi.

    Unda hamyurtlarimiz 2 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Eʼtiborlisi, bu natija evaziga qizlarimiz umumjamoa hisobida ochkolar boʻyicha Hindiston va Yaponiya termalaridan soʻng uchinchi oʻrinni egallashdi. Shohsupaga koʻtarilgan yurtdoshlarimiz bilan tanishing:

    Kumush medal:
    -53 kg: Dilshoda Matnazarova
    -59 kg: Sarvinoz Jiyembayeva

    Bronza medal:
    -57 kg: Ulmeken Esenbayeva
    -62 kg: Nigina Sobirova
    -65 kg: Gulmira Aytmuratova
    -72 kg: Mardona Qadamova
    -76 kg: Valentina Toʻreniyazova