Muloqot chogʻida Oʻzbekistondan malakali tibbiyot xodimlarini Kuvaytga ishga jalb etish istiqbollari muhokama etildi.
Kuvayt tomoni mamlakatda faoliyat yuritayotgan yetakchi klinika va shifoxonalarda Oʻzbekistondan ingliz tilini biladigan hamshiralarni ish bilan taʼminlash rejalari borligini maʼlum qildi.
Muzokaralar davomida oʻzbek tibbiyot xodimlarining Kuvaytga moslashish jarayonini tezlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, jumladan, til oʻrganish kurslari va malaka oshirish masalalari xususida ham fikr almashildi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston tibbiyot xodimlarini nafaqat Kuvayt va Koʻrfaz arab mamlakatlariga, balki Yevropa davlatlariga ishlashga yuborishda maqsadli tayyorlash uchun Toshkent shahrida Hamshiralarni tayyorlash tibbiyot markazini tashkil etish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekistondan malakali hamshiralarni Kuvaytdagi yirik tibbiyot klinikalarida ish bilan taʼminlashga doir muzokaralarni davom ettirish toʻgʻrisidagi kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.