Fuqaro T.M. A.L. bilan birmuncha vaqt ishqiy munosabatda boʻlib kelgan edi.

Shundan soʻng, kunlarning birida fuqaro A.L. yigit tanishi boʻlgan T.M.ga undan farzand kutayotganini aytadi, lekin T.M.ni buni eshitishni ham xohlamasdi, sababi uni uylantirish uchun uydagilari kelin qidirayotgan edi.

Shundan soʻng, A.L. farzandli ham boʻldi va buni T.M.ga ham aytdi, u esa, farzand undan emasligini bildirdi.

Keyin esa, DNK ekspertizasi farzand aynan T.M.dan ekanini sud esa, u endi aliment toʻlash kerakligini xulosa qildi.

Jumladan, fuqarolik ishlari boʻyicha Guliston tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor T.M.dan undiruvchi A.L.ning foydasiga voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan boʻlib, Byuroning Yangiyer shahar boʻlimi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Qarzdor T.Mirzayev 2023-yil aprel oyidan buyon jami 28,3 mln soʻm aliment pullarini toʻlashdan boʻyin tovlab kelganligi sababli, unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

Shundan soʻng, oʻz manzilida paydo boʻldi va uylanayotganligini va buni qudalari bilmasligini aytib, MIB xodimlaridan ozgina vaqt berishini soʻradi.

Lekin berilgan muddat ham boʻlajak “kuyov bola” MIB idorasiga kelmadi.

Shundan soʻng, aliment undiruvchi fuqaro MIB idorasiga kelib, “kuyov bola” uylanayotganligini aytib, alimentni undirib berishini talab qila boshlagan.

MIB xodimlari 7-fevral kuni qarzdor aliment toʻlashi kerak boʻlgan fuqaro xonadoniga borganida, u esa toʻy taraddudini koʻrayotgan edi.

Fuqaro boʻlajak rafiqasi va qarindoshlari alimentdan xabardor boʻlmasin va asosiy maʼmuriy qamoqqa qoʻllanilib, toʻyi bekor ketishini oʻylab, 28,3 mln soʻm aliment qarzini toʻliq toʻlab bergan.