Yigʻilishda dastlab isitish mavsumiga koʻrilgan tayyorgarlik, bu tizimdagi dolzarb vazifalar koʻrib chiqildi. Taʼkidlanishicha, kuz-qish mavsumida aholini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash yoʻnalishida zarur tadbirlar koʻrilyapti, qozonxonalar, magistral quvurlar taʼmirlanyapti. Ammo koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlikni qoplash masalasi sust kechyapti. Bu esa belgilangan vazifalarni oʻz muddatida talab darajasida bajarishga sezilarli taʼsir koʻrsatmay qoʻymaydi.

Yigʻilishda, shuningdek, xazonlarni tozalash va hududlardan olib chiqib ketish boʻyicha qilinayotgan ishlar ham tahlil etildi.

Qayd etilishicha, hozirda shaharning 7 ta tumanida buning uchun maxsus kompost oʻralari tayyorlangan va barcha hududlardan yigʻilgan xazonlarni shu oʻralarga jamlab, oʻgʻit tayyorlash jarayoni boshlangan.

Oʻzaro muloqot davomida kommunal sohaga daxldor xizmatlarning ish sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, taklif va tavsiyalar ham koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.