Toshqin, sel, qor koʻchishlari va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan r togʻli hududlarda masofadan qor oʻlchash tarmogʻini qayta tiklash kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish jarayonida aynan dolzarb vazifa sanaladi.
Oʻzgidromet mutaxassislari Toshkent viloyatidagi Ohangaron daryosi havzasi va Namangan viloyatidagi Chodak daryosi havzasidagi dengiz sathidan 3 000 metrdan yuqori boʻlgan hududlarga 3 metrlik qor oʻlchash uskunalarini oʻrnatdilar.
Ushbu qor oʻlchash uskunalari yordamida olingan qor qoplami toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslari zaxiralarini prognozlashda va xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisida ogohlantirish uchun foydalaniladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston gidrometeorologiya markazi matbuot xizmati.