Avvalroq KXDR oliy rahbari Kim Chen In voqeani “mutlaq ehtiyotsizlik, mas'uliyatsizlik va ilmiy asossiz empirizm” oqibati deb atagan edi.

BBC xabariga ko'ra, Ri Xen Son Mehnat partiyasining Harbiy sanoat departamenti direktori o'rinbosari bo'lib ishlagan va ayni paytda voqea yuzasidan hibsga olingan eng yuqori martabali amaldor hisoblanadi. Britaniya teleradiokompaniyasining yozishicha, amaldor KXDR harbiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etgan.

Avvalroq Chxondjin shahridagi kemasozlik zavodida ish bo'yicha uch nafar ishchi: bosh muhandis, kema yig'ish sexi boshlig'i va ma'muriy boshqaruvchi qo'lga olingan edi. Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lumotlariga ko'ra, ularning barchasi halokat sabablari bo'yicha tergov tugaguniga qadar hibsga olingan, deb xabar beradi kommersant.ru.