Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, mahalliy hokimiyat Janubiy Koreya harbiylaridan tegishli ko'rsatma olgach, ommaviy evakuatsiya e'lon qilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, orol tomon KXDR hududidan allaqachon bir nechta o'q uzilgan bo'lishi mumkin.

Yonpxyondo orolidagi mahalliy hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, hozircha qurbonlar yo'q. Pennyondo orolida ham evakuatsiya e'lon qilindi, deya qo'shimcha qiladi Yonhap.

2010-yil 23-noyabr kuni Koreya Respublikasi nazorati ostidagi Yonpxyondo oroli hududida shimol va janub o'rtasida artilleriya almashinuvi bo'lib o'tdi, bu esa qurbonlarga olib kelgandi, deb xabar beradi tass.ru.