“Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, xandaqqa tushib ketdi

    Xavfsizlik 10 Aprel 2023 814

    FVV qutqaruvchilari Qamchiq dovonidagi YTH oqibatlarini bartaraf etishdi.

    Bugun, 10-aprel kuni ertalab “Toshkent – ​​Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtuvchi 216-kilometrida yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir boʻldi.

    Toshkent tomon ketayotgan “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida avtomobil xandaqqa tushib ketgan.

    Zudlik bilan voqea joyiga FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelgan. Qisqa vaqt mobaynida mashina yer yuzasiga koʻtarildi.

    Hodisa vaqtida mashinada ikki kishi boʻlib, ular jarohat oldilar. Jarohatlanganlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatildi. YTH oqibatlarini bartaraf etish jarayonida dovonda avtomobillar harakati toʻxtatilmadi.