Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan, oldindan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan Mirzaobod tumani hududida parfyumeriya mahsulotlarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o'tkazildi.
Tadbir davomida, tezkor kuzatuvga olingan fuqaro A.A.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli, engil avtotransport vositasi Mirzaobod tumanidan o'tuvchi Guliston-Gagarin yo'nalishi bo'ylab yo'l chetida to'xtagan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan xolislar ishtirokida saloni va yukxonasi ko'zdan kechirilganida fuqaro A.G.A.ga tegishli, “Faberlic” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo'lmagan va sifati kafolatlanmagan 34 turdagi, jami 519 dona taxminiy qiymati 31 120 000 so'mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Xozirda aniqlangan xolat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona
boshqarmasi Axborot xizmati