Latviya bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi

    Biznes 15 Sentabr 2021 715

    Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari “AP Holding” vakili bilan uchrashdi.

    2021-yil 15-sentyabrda Savdo-Sanoat palatasida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosari F. Usmanov va Oʻzbekiston-Latviya Ishbilarmonlar Kengashi aʼzosi, AP Holding vakili A. Piatrou oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Tadbir davomida oʻzbek tomonidan Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.

    Shuningdek, ishbilarmonlar kengashi doirasida Latviya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, tomonlar mamlakatlarimiz oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, shuningdek, oziq -ovqat mahsulotlarini import va eksport qilish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari delegatsiyalarining oʻzaro tashriflarini faollashtirish va ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etish zarurligi haqida fikr almashdilar, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.